19:59 / 05.10.2015
3837

Facebook sun'iy yo‘ldosh yordamida Afrikani internet bilan ta'minlaydi

Facebook kompaniyasi Eutelsat fransuz kompaniyasi bilan hamkorlikda Afrika mamlakatlarini sun'iy yo‘ldosh orqali internet bilan ta'minlaydi, deb ma'lum qilinadi Euractive portalida.

Uzoq yillik olib borilgan munozaralardan so‘ng, kompaniyalar bu borada kelishigan. Sun'iy yo‘ldoshli kommunikatsiyalar loyihachisi bo‘lmish Spacecom kompaniyasi hamkorligida Facebook Afrika mamlakatlari va Janubiy Sahroi Kabirni internet bilan ta'minlovchi AMOS-6 sun'iy yo‘ldoshini koinotga uchiradi. Bu 2016 yilning ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Facebook uzoq yillardan beri butun jahonni internet bilan ta'minlashni o‘ylab yuribdi. 2013 yilda kompaniya rivojlanayotgan mamlakatlarga internet olib borish maqsadida Internet.org loyihasini ishga tushirgan edi. 2015 yilda esa Aquiladronini sinovdan o‘tkazgan edi.

Top