19:46 / 05.10.2015
7555

Interbrand jahondagi eng qimmat brendlar nomini e'lon qildi

Interbrand brend-konsalting agentligi har yili (16-marta) o‘tkazib kelinayotgan jahonning eng qimmat 100 ta brendi ro‘yxatini e'lon qildi.

2013 yilga qadar ro‘yxatning yakkahokimi Coca-Cola Co. bo‘lib kelayotgan edi. Uch yildirki peshqadamlikni Apple o‘z qo‘liga olgan. Hozirda uning qiymati 170,276 mlrd dollar atrofida. Bu o‘tgan yilnikiga qaraganda 43 foizga oshgan.

Ro‘yxatda nomlari keltirilgan o‘nta brenddan oltitasi texnik sektorlar hisoblanishadi. Birinchi o‘rinda uch yildan buyon 170,3 mlrd dollar bilan Apple bormoqda.

Coca-Cola Co. Markasi esa 78,423 mlrd dollar bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. Interbrand tasnifi bo‘yicha bu qimmat brend bir yilda hech qachon 4 foiz miqdorida quyilamagan edi. Juma kuni Coca-Cola Co. ning bozordagi narxi 175,7 mlrd. ga ko‘tarilgan edi.

Top