23:58 / 05.10.2015
3607

Iroqning Basra viloyatida portlash oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Iroqning janubi-sharqida joylashgan Basra viloyatida sodir etilgan portlash oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi va 25 kishi yaralandi, deb xabar bermoqda mahalliy xavfsizlik kuchlari vakiliga iqtibos keltirgan holda Assoshieyted Press axborot agentligi.

Viloyat xavfsizlik rahbari ma'lumotlariga ko‘ra, 5 oktabrda minalashtirilgan avtomobil viloyatning ma'muriy markazidan 50 km uzoqlikda joylashgan Az-Zubayr shahrining gavjum ko‘chalaridan birida portlatib yuborildi.  

Ayni paytda hech qaysi bir terrorchilik guruhi terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.

Top