18:31 / 05.10.2015
3268

Istomin ATP China Open turnirida dunyoning 216-raketkasiga yutqazdi

O‘zbekistonning birinchi raqamli raketkasi Denis Istomin Xitoy poytaxti Pekin shahrida asosiy to‘r bahslari start olgan yirik tennis turnirining asosiy to‘r ilk bosqichidayoq mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi.

Umumiy mukofot jamg‘armasi 3 million 944 ming 715 dollardan iborat musobaqaning saralash bahslarida u avstraliyalik Lyuk Savillni 6:4, 6:2, mezbon tennischi Jang Zini 3:6, 6:3, 6:2 hisobida taslim etgandi.

Lekin Istomin musobaqaga imtiyozli ravishda qo‘yilgan xitoylik Ze Jangga qarshi kechgan o‘yinda 3:6, 6:1, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bu haqda "Olamsport.som" xabar bergan.

Taqqoslash uchun, xitoylik ushbu tennischi dunyo reytingida 216-o‘rinni egallab turibdi. Istomin esa 70-pog‘onadan joy olgan.

Agar Denis Jangning to‘sig‘idan muvaffaqiyatli o‘tib olganida, ikkinchi bosqichda sayyoramizning birinchi raketkasi serbiyalik Novak Jokovichga qarshi kortga chiqishi mumkin edi. Jokovich ilk bosqichda italiyalik Simone Bolelli bilan hisob-kitob qiladi.

Top