23:24 / 05.10.2015
7858

Keyt Uinslet 40 yoshda yoxud “Titanik”ning afsonaviy barhayotligi

Tomirida toza ingliz qoni oqayotgan gollivudning mashhur aktirisasi Keyt Elízabet Uínslet o‘zining 40 yoshini keng nishonlamoqda.

U 1975 yilning 5 oktabrida Buyuk Britaniyaning Reding shahrida tug‘ilgan. Ilk karerasini ingliz televideniyesidagi chiqishlaridan boshlagan. Keyt Uinslet ilk bor katta ekranlarga 1994 yilda Piterom Jyeksonning “Samo yaratig‘i” filmida rol ijro etgan.

Uning bir qator filmlari katta ekranlarga chiqqach, olamshumul dovrug‘ qozongan, misli ko‘rilmagan mablag‘lar yiqqan. Keyt faoliyatidagi ana shunday kartinalardan biri, bu shubhasiz “Titanik” filmi edi.

1997 yilda Jyeyms Kemeron kinematografiya tarixidagi eng daromadli film — “Titanik”ni suratga oldi. O‘shanda Leonardo DiKaprio va Keyt Uinslet filmlardagi sevgi voqealarining ramxiy juftliklariga aylanishdi. Ammo film ko‘p yo‘nalishlar bo‘yicha “Oskar” qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ular orasida Keyt ijro etgan rol uchun berilgani yo‘q edi.

Va nihoyat oradan yillar o‘tib, 2009 yilning 22 fevralida u “Oskar mukofotini qo‘lga kiritadi. U bu mukofotga “O‘quvchi” filmida ijro etgan roli uchun sazovor ko‘rildi. “Oskar” taqdimotiga sanoqli oylar qolganida aynan shu roli uchun “Oltin globus” sovrinini ham qo‘lga kiritadi.

Bugun ana shu gollivud yulduzi 40 yoshda. Ammo maftunkor va latofatli aktrisaning porlab turuvchi ko‘zlari, muhabbatga tashna qalbi hali uzoq yillar ijod qilishini anglatib turgandek.

Top