23:09 / 05.10.2015
7570

KUN.UZ dayjesti: 5 oktabrda keng muhokamaga sabab bo‘lgan xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 5 oktabrda keng muhokamaga sabab bo‘lgan xabarlarni takroran havola etamiz.

Suriyaga borib kelgan O‘rta Osiyo vakillari o‘z taassurotlarini jurnalistlar bilan o‘rtoqlashdilar>>

Rossiyaning Suriyada harbiy operatsiya boshlashi bilan eski muammo yana ko‘tarildi, bu ham bo‘lsa Suriyadagi radikal guruhlar tomonida turib harbiy to‘qnashuvlarda ishtirok etayotgan O‘rta Osiyo vakillari

IShID jangarilari Palmiradagi Triumfal arkni portlatib yuborishdi>>

Suriyaning Palmira shahridagi antik davrga oid obidalardan yana biri bo‘lmish Triumfal ark IShID jangarilarining navbatdagi xunrezligi nishoniga aylandi

WT: Obama va Kerri Rossiya rejalari haqida zarracha ham tushunchaga ega emas>>

AQShning Yaqin Sharqqa nisbatan tutayotgan siyosatida Amerika prezidenti Barak Obamaning layoqatga ega emasligi namoyon bo‘lmoqda

Amerikalik siyosatchi o‘z kitobida Klinton oilasidagi zo‘ravonlik haqida yozdi>>

Amerikalik siyosiy maslahatchi Rojyer Stounning yangi kitobida yozishicha, AQSh prezidentligiga nomzod Hillari Klinton tez-tez jahl otiga minib, qo‘l ostidagi xodimlarga, maxsus xizmat agentlariga va hatto o‘z eriga azob beradi

Rossiya TIV: AQSh Qunduzdagi shifoxona o‘rnini bilar edi>>

AQSh harbiy havo kuchlari Qunduzni bombardimon qilish chog‘ida “Chegarasiz shifokorlar” gumanitar tashkilotining bu yerdagi manzilini aniq bila turib u yerga bomba tashladi

Newsweek: Al-Qoida Rossiya harbiy asirlari uchun pul to‘lashga tayyor>>

"Al-Qoida" bilan aloqada bo‘lgan "Front al-Nusra" jangarilar guruhi Suriyada asirga tushgan rus askarlari uchun mukofot puli e'lon qildi

AQShda 5- sinf o‘quvchisi kuchuk bolasi sababli qo‘shni qizni otib tashladi>>

Amerikadagi maktablardan birining 5- sinf o‘quvchisi o‘zining sakkiz yoshli qo‘shnisini o‘rtasida kuchuk bolasi sababli janjal kelib chiqqani sababli otasining quroli bilan otib tashladi

Chelyabinsklik o‘smir o‘ziga kompyuter o‘ynashni taqiqlagan onasini o‘ldirdi va otasini jarohatladi>>

Rossiyaning Chelyabinsk viloyatidagi Turgoyak shaharchasida yashovchi 15 yoshli o‘smir o‘z oilasidagilarga pichoq bilan hujum qildi

2015 yilda insoniyat tarixida birinchi marta o‘ta qashshoqlik darajasi 10 foizdan pasaydi>>

Dunyoda o‘ta kambag‘allik darajasi joriy 2015 yilda ilk marotaba sayyoramiz ahlisining 10 foizidan kamrog‘ini tashkil etadi

Olma-ota aeroportida qalbaki o‘zbek pasportiga ega qozoq ayol ushlandi>>

Olma-otada qozog‘istonlik chegarachilar Abu-Dabidan qalbaki o‘zbek pasporti bilan uchib kelgan qozog‘istonlik ayolni ushlashdi

Lionel Messining akasi Argentinada noqonuniy ravishda qurol saqlagani uchun hibs qilindi>>

4 oktabr kuni Lionel Messining katta akasi Matias Messi Argentinada noqonuniy ravishda qurol saqlaganlikda ayblanib, hibsga olindi

Mutaxassis fikri: Rossiya va O‘zbekiston Ipak yo‘li brendini olg‘a surishi kerak>>

"Rosturizm" rahbari o‘rinbosari Sergey Korneyevning fikricha, O‘zbekiston rossiyalik dam oluvchilarni vizasiz tartib, yuqori darajadagi xavfsizlik, an'anaviy mehmondo‘stlik va valyutalar bilan ayirboshlash haqidagi kelishuv bilan o‘ziga tortadi

Jahon banki Osiyo davlatlari iqtisodiyotining o‘sish bashoratlarini tushirdi>>

Jahon banki 2015 va 2016 yillarda Osiyo iqtisodiyotlarining rivojlanish darajasi bo‘yicha salbiy bashoratlar berdi

YeI Turkiya fuqarolariga nisbatan vizasiz rejim joriy qilishi mumkin>>

Yevropa Ittifoqi Turkiya fuqarolariga nisbatan vizasiz rejim joriy qilishi mumkin

Pentagon Rossiyani Suriyadagi fuqarolar urushini keskinlashtirib yuborganlikda aybladi>>

Rossiya Suriyadagi muxolifatning kuchiga ta'sir ko‘rsatish yo‘li bilan mamlakatda fuqarolar urushini keskinlashtirib yubordi, deb ma'lum qilmoqda AQSh Mudofaa vaziri Esh Karter

Top