17:50 / 05.10.2015
5215

Mahalla posbonlari joriy yilda qariyb 2 mln oilani o‘rganib chiqdi

“Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi vakillari 2015 yil mobaynida respublika bo‘yicha 1 887 767 oilani o‘rgandi. Bu haqda “Oila davrasida” gazetasi yozmoqda.

Ma'lum qilinishicha, mahalla posbonlari mazkur oilalarni o‘rganib, ular odam savdosi muammolariga duch kelgan-kelmaganliklarini aniqlashtirib chiqdilar.
Ma'lum bo‘lishicha, ushbu oilalarning 726.2 mingdan ziyod a'zolari xorijga yoki respublikaning boshqa hududlariga ketgan.

Shulardan 668 297 nafar kishi ishlash uchun ketgan ekan.
O‘rganish davri mobaynida 297 188 nafar fuqaro doimiy yashash manziliga qaytib kelgan.

Top