19:13 / 05.10.2015
10962

O‘zbek olimlari avtotransport vositalarining davlat raqamlarini aniqlovchi dasturiy ta'minot ishlab chiqishdi

«ABL-Soft&SS» mas'uliyati cheklangan jamiyati xodimlari «AutoCon TR.uz» nomli avtotransport vositalarining davlat raqamlarini va ularning tezligini videotasvirlar oqimi orqali avtomatik aniqlash uchun dasturiy ta'minot ishlab chiqdi.

Ushbu dasturiy mahsulot avtotransport vositalarining davlat raqamlarini aniqlash va yo‘l harakati qoidalarini buzuvchilarni avtomatik qayd etish bilan bog‘liq masalalar majmuini hal qilish uchun mo‘ljallangan.

«AutoCon TR.uz» dasturi obektga yo‘naltirilgan texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, avtotransport vositalarining davlat raqamlari belgilarini tutib olish va uning tasvirlarini binarlash, raqamlar belgilarini aniqlash, videotasvir bo‘yicha tezlikni o‘lchash, yo‘lda yuz bergan vaziyatni tahlil qilish va yo‘l harakati qoidalarini buzuvchilarni aniqlash, ma'lumotlar bazasi bilan ishlash va interfeys kabi asosiy modullardan tarkib topgan. Ushbu dasturiy ta'minot transport oqimlarini boshqarishni avtomatlashtirish, yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha davlat idoralari, nazorat o‘tkazish punktlarining faoliyatini avtomatlashtirish masalalarini hal qilishda muvaffaqiyatli qo‘llanishi mumkin.

Mualliflar - A.R.Maraximov, S.S.Rasulov, Sh.X.Umarov va A.R.Maraximovga ushbu dasturiy ta'minot uchun № DGU 03320 raqamli guvohnoma berildi.

Top