17:26 / 05.10.2015
6374

Qozog‘istonning Turkiston shahrida 44 yoshli "kuyov" qiz o‘g‘rilagani uchun qo‘lga olindi

Qozog‘istonning Turkiston shahrida yashovchi 44 yoshli erkak maktabda 11-sinfda o‘quvchi voyaga yetmagan qizni qozoq urf-odatlariga mos ravishda, unga uylanish uchun o‘g‘irlab, uni Chimkentdagi mehmonxonalardan biriga yashirgan.

“Kuyov” o‘zining ikki nafar sheriklari bilan qizni shu yerdan keyinchalik uyga olib ketishni reja qilishadi. Biroq qiz o‘z ota-onasiga o‘zining o‘g‘irlab ketilganini aytishga muvaffaq bo‘ladi.

Ota-onaning huquq-tartibot idoralariga qilgan murojaati natijasida o‘g‘rilar qo‘lga olindi.

Hozirda jinoyatchilarni tergov qilish ishlari davom etmoqda. Ularga odam o‘g‘rilash, voyaga yetmagan qizni zo‘rlash kabi bir qator ayblar qo‘yilgan.

Top