22:44 / 05.10.2015
5795

Rossiya O‘rta Yer dengiziga Suriya uchun qurol-aslaha ortilgan kemani yubordi

Suriya uchun o‘q-dori va qurol-aslaha ortilgan Rossiyaning "Tsezar Kunikov" nomli katta desant kemasi Qora dengiz bo‘g‘ozlaridan o‘tib, O‘rta Yer dengiziga chiqdi. Bu haqda kemaning Bosfor ko‘rfazi orqali o‘tayotgangan suratlarini chop etgan turk OAVlariga iqtibos keltirgan holda BGNnews portali ma'lum qildi.

"Tsezar Kunikov" kemasi Suriya hukumati armiyasi uchun o‘q-dorilar yetkazib berish bo‘yicha operatsiyada ishtirok etmoqda. Ushbu operatsiya "Suriya ekspressi" degan norasmiy nomga ega.

Kuzatuvchilarning fikricha, kema Suriyaning Tartus portiga yo‘l olgan. Aynan bu yerda Rossiya harbiy-dengiz floti kemalarini moddiy-texnik ta'minoti punkti joylashgan. 

Ayni paytda Sharqiy O‘rta yer dengizida Rossiya flotining mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda. Mashg‘ulotlar 30 sentabrdan boshlangan va 7 otkyabrda tugaydi.

"Tsezar Kunikov" katta o‘lchamdagi 775-loyiha kemasi bo‘lib, Qora dengiz floti tarkibida xizmat o‘taydi. Kema desant tashlashdan tashqari, turli yuklarni yetkazib berish, mina to‘siqlarini qo‘yish va gumanitar operatsiyalarni o‘tkazishda ishlatilishi mumkin. Bundan tashqari, kemadan harbiy tashishlarni amalga oshirish, kema va flot qismlarini ta'minlashda foydalaniladi. 

Top