21:07 / 05.10.2015
3836

Sotheby's auksionida Alibaba asoschisining surati 5,4 mln dollarga sotildi

Alibaba Group asochisi Jyek Ma va xitoylik rassom Tszen Fanchji hammualliflikda chizgan “Jannat” deb nomlangan surat Sotheby's auksionida 42,2 mln gonkong dollariga (5,4 mln AQSh dollari atrofida) sotildi. Bu haqda WSJ xaba bermoqda.

Moybuyoq bilan chizilgan suratda Yer sayyorasi tasvirlangan. Xaridor xitoylik tabdirkor va filantrop Tsyan Fengley bo‘ldi.

Suratning yakuniy bahosi kutilganidan 21 marta ziyod bo‘ldi. Sotuvdan tushgan pul xalqaro tabiatni muhofaza qilish tashkiloti — Paradise hisobraqamiga o‘tkazildi.

Top