21:35 / 05.10.2015
8611

Suriya TIV: Rossiya va Suriyaning terrorchilikka qarshi birgalikdagi urushi g‘alabaga olib keladi

Damashq Rossiya va Suriya harbiylarining terrorchilik guruhlariga qarshi birgalikdagi harakatlari muvaffaqiyatli tugashiga ishonch bildirdi.

"Menda bunga zarracha ham shubha yo‘q va buning sababi oddiy – Rossiya o‘z harakatlarini Suriyada terrorchilikka qarshi kurashayotgan yagona kuch – Suriya armiyasi bilan muvofiqlashtirmoqda", deb aytdi Suriya tashqi ishlar vaziri Volid Muallim Livanning "Al-Moyodin" telekanaliga bergan intervyusida.

Rossiya Suriya prezidenti Bashar Asadning murojaatiga asosan 30 sentabrdan Suriyada "IShID" terrorchilik guruhi obektlariga aniq aviazarbalar berib kelmoqda. Rossiya Mudofaa vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiya aviatsiyasi jangarilarning boshqaruv tizimi, moddiy-texnika ta'minoti va terrorchi-hudkushlarni tayyorlash infratuzilmalariga katta talofat yetkazgan.

Nishonlar Rossiya va Suriyaning razvedka ma'lumotlari asosida tanlanadi.

Top