16:57 / 05.10.2015
8901

WT: Obama va Kerri Rossiya rejalari haqida zarracha ham tushunchaga ega emas

AQShning Yaqin Sharqqa nisbatan tutayotgan siyosatida Amerika prezidenti Barak Obamaning layoqatga ega emasligi namoyon bo‘lmoqda, deb yozdi The Washington Times.

Muallif Temmi Bryusning qayd etishicha, dastlab Obama Ukrainadagi urushda unga yordam berishdan voz kechdi, endi esa Suriyaga nisbatan hech qanday chora qo‘llay olmayapti. Jurnalist prezidentning Liviyaning Bengazi shahridagi AQSh elchixonasiga uyushtirilgan hujum va “Eron kapitulyatsiyasiga nisbatan” harakatsizligini ham muhokama qildi.

Nashrning qayd etishicha, bu holat Rossiya prezidenti Vladimir Putinga: keling va nimani xohlasangiz, shuni qiling, degan so‘zlarni aytishdek gap. The Washington Times kolumnisti Rossiya Suriyada harbiy kampaniyani boshlab, g‘arb mamlakatlari bilan munosabatlarda kelgusidagi harakatlari uchun mustahkam asosni tayyorlab olmoqda.

BMT Bosh Assambleyasida chiqish qilgan Barak Obama va Jon Kerri Rossiya rejalari haqida zarracha ham tushunchaga ega emasligini namoyon etdi, deya ta'kidlab o‘tdi Temmi Bryus.
Prezident BArak Obamaning beqarorligi sababli IShIDga qarshi kurash AQSh va Fransiya yelkasidan nariga o‘tmayapti, Rossiya esa o‘z manfaatlarini ilgari surishga muvaffaq bo‘lmoqda, deb hisoblaydi kolumnist.

Top