11:55 / 06.10.2015
2761

“Samarqand vino kombinati”ning davlat aksiyalari paketi 2.6 mln dollarga baholandi

Xovrenko nomli “Samarqand vino kombinati” AJning davlat aksiyalari paketi (20.18 foiz) 2.6 mln dollarga baholandi. Har bir aksiya narxi 8.5 dollarni tashkil qildi.

Paket “Toshkent” Respublika fond birjasida sotuvga qo‘yildi. U 22 oktabrgacha xorijiy investorga realizatsiya qilinishi ko‘zda tutilgan.

Qimmatbaho qog‘ozlar koordinatsiyasi va rivojlanishi markazining xabariga ko‘ra, Xovrenko nomli “Samarqand vino kombinati” AJ “O‘zvinsanoatxolding” kompaniyasi tarkibiga kiradi.

Top