18:07 / 06.10.2015
9830

Afg‘oniston prezidenti saroyidan ikki odamga tegishli suyaklar topildi

Ta'mir ishlari olib borilayotgan Afg‘oniston prezidenti saroyidan ikki kishiga tegishli bo‘lgan suyaklar topildi, deya xabar bermoqda Associated Press.

Suyaklar oshxona poli ostidagi yerdan topildi. Vafot etganlarning shaxsi, jinsi va o‘lim sabablari noma'lum.

Jasad qoldiqlarini identifikatsiya qilish ishlari Afg‘onistondagi inson huquqlari bo‘yicha mustaqil komissiya va Physicians for Human Rights (PHR) tashkiloti tomonidan olib boriladi.

Top