09:10 / 06.10.2015
4431

AQShlik uchuvchi parvoz paytida vafot etdi

American Airlines aviakompaniyasi samolyoti uchuvchilaridan biri parvoz paytida halok bo‘ldi. Bu haqda The Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, erkak sobiq hamshira bo‘lgan styuardessaning unga tibbiy yordam ko‘rsatishiga qaramasdan shturval ortida vafot etgan. Samolyot AQShning Boston shahridan Feniks shahriga uchib ketayotgan bo‘lgan. Uchuvchi parvoz oldidan shamollab qolganini aytgan.

Ikkinchi uchuvchi parvoz paytida nozirlik xizmatlarini "birinchi uchuvchi shuursiz" holatda ekanligidan voqif qilib, bir o‘zi samolyotni qo‘ndirgan.

Top