07:12 / 06.10.2015
3333

Asqar Tolibjonov: TJM tashkil etilgandan buyon terma jamoa vitaminlar bilan ta'minlanib keladi

Terma jamoalar markazi direktori Asqar Tolibjonov "Futbol sharhi" ko‘rsatuvidagi chiqishi davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasida vitaminlar yetishmovchiligi borligini inkor etdi.

"O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘ini farmatsevtik aralashmalar bilan to‘liq ta'minlangan. Buning uchun bizda tibbiyot markazi bor va shifokorlarimiz tomonidan buyurtma qilingan barcha vositalar olingan.

Umuman, gazeta va boshqa ommaviy axborot vositalarida terma jamoa futbolchilari vitaminlar bilan yetarlicha ta'minlanmagani haqidagi xabarlarni o‘qib hayron qolaman. Bu xabarlar to‘liq to‘g‘ri emas. Biz tibbiyot markazi tomonidan buyurtma qilingan barcha farmatsevtik vositalarni olganmiz. Futbolchilar mashg‘ulotlar vaqtida va tiklanish jarayonida ularni iste'mol qilib, optimal sport formalarini yig‘ishda foydalanmoqdalar.

Bu narsalar Terma jamoalar markazi tashkil etilgandan buyon yo‘lga qo‘yilgan. Keyin, futbolchilarga duch kelgan dorini qabul qilish mumkin emas. Chunki doping nazoratidan o‘ta olmay qolishlari mumkin. Biz buni ham nazorat qilamiz.

Yana shuni aytib o‘tishim lozimki, har bir futbolchi terma jamoa yig‘iniga yetib kelgach, tibbiyot markazida ko‘rikdan o‘tadi va unga ko‘ra murabbiylar shtabi futbolchiga yuklamalar ishlab chiqadi", - deydi Tolibjonov.

Top