21:37 / 06.10.2015
7698

Ayshvariya Ray uzoq yillik tanaffusdan so‘ng katta kinoga qaytdi

Aktrisa va model, 1994 yilgi “Dunyo go‘zali” Ayshvariya Ray uzoq tanaffusdan so‘ng katta kinoga o‘tdi. Kelayotgan juma kuni “Birgalikda jalb etish” (Jazbaa) filmining premerasi bo‘lib o‘tadi. Ayshvariya ushbu filmda bosh rollardan birini ijro etgan.

"Sobiq aktyorlar bo‘lmaydi, - degan Ayshivariya katta ekranlarga qaytishini izohlar ekan. – Men yangi filmning har bir lahzasidan rohatlandim va o‘ylaymanki, u tomoshabinlarga manzur keladi”.

Aktrisa qo‘shimcha tarzda, uning ozishiga oqsilli parhez yordam bergani, har kuni sakkiz stakan suv ichishi va yoga bilan shug‘ullanishini aytib o‘tgan.

Top