09:31 / 06.10.2015
2691

Chikago masjidlarida “Ochiq eshiklar kuni”

Chikago musulmonlari tashkiloti islom haqidagi bilimlarni kengaytirishni istaganlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazilgani haqida xabar berdi, deb yozadi Muxlis.uz  portali. "Odamlar musulmonlarni yaxshi bilishmaydi, masjidda ham hech qachon bo‘lishmagan. Buni tashrif buyurganlar kuzatuvidan bilsa bo‘ladi",- deydi katta Chikago islomiy tashkilotlar ittifoqi ijrochi direktori Tabassum Xalim.
“Ochiq eshiklar kuni”da ishtirok etganlar masjidlar bilan tanishdilar, jamoat namozlari qan tartibda o‘tkazilishining guvohi bo‘lishdi, ma'ruza tinglab, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Aktsiya Napervill, Uiton, Des-Pleyns va Libertivilldagi masjidlarda o‘tkazildi.

Top