00:26 / 06.10.2015
5286

Disney bolalar uchun yangi bo‘yash kitobini taqdim etdi

ISMAR 2015 anjumanida Disney Research laboratoriyasi qo‘shimcha realikka ega bolalar bo‘yash kitobini taqdim etdi.

Mobil dastur real vaqtda kamera yordamida bo‘yash kitobidagi rasmlarni tasvirga oladi va keyin skanerlash tizimi sahifaning uch o‘lchamdagi variantlarini taqdim etadi. Yakunda mobil apparatning ekranida bo‘yalishi kerak bo‘lgan personajning uch xil variantdagi tasviri chiqadi va ularning istalganini tanlab olish mumkin bo‘ladi.

Olib borilgan tadqiqotlar natijasida dastur jiddiy hisoblash resurslari yoki to‘lovlarni talab etmaydigan etib ishlangan.

Top