01:15 / 06.10.2015
3019

Yevropa Ittifoqi o‘z hududiga terrorchilarni qo‘ymaslik uchun qochqinlarning barmoq izlarini oladi

Yevropa Ittifoqi o‘z hududiga qochqinlar bilan birga terrorchilarning kirib kelishiga qarshi kurashish maqsadida qochqinlarning barmoq izlarini oladi, deb ma'lum qildi 5 oktabrda Yevropa komissiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Frans Timmermans.

Avvalroq Timmermans jinoyatchilar shak-shubhasiz hozirgi migratsion inqirozdan foydalanib, Yevropaga kirishga harakat qilishini aytib o‘tgandi.

Timmermans Yevropa Ittifoqining Yevropada terrorchilik tashkilotlari vakillarining qochqinlar oqimi bilan kirib kelishiga qarshi kurashish usullari haqida izoh berish haqidagi murojaatga Yevropa Ittifoqi bunday xavfni "oddiygina" bartaraf etishini aytdi. "Yevropaga kelgan barcha qochqinlardan barmoq izlarini olish bilan. Agar bu sinchkovlik bilan amalga oshirilsa, terrorchilarni chiqarib tashlash mumkin", deb ta'kidlamoqda Timmermans.

Timmermansning aytishicha, agar hamma o‘z ishini sidqidildan bajarsa, terrorchilarning Yevropada paydo bo‘lish ehtimoli minimumga keltiriladi. "Terrorchilar agar kelishgandan keyin ulardan barmoq izlari olinishini bilishsa, bu yo‘ldan foydalanishmaydi", deb aytmoqda Yevropa komissiyasi vakili.

Top