09:41 / 06.10.2015
2158

FA Mourinoni “Sautgempton”ga qarshi o‘yinda hakamni tanqid qilgani uchun ayblamoqda

Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) “Chelsi” jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinoni APLning 8-turi doirasida o‘tkazilgan “Sautgempton”ga qarshi o‘yin(1:3) vaqtidagi harakatlarini salbiy baholadi.

Tashkilot portugaliyalik murabbiyning uchrashuvdagi rasmiy kishilarga munosabatidan norozi bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Mourino o‘yindan keyin hakamlarni “Chelsi” foydasiga penalti bermaganlikda ayblagandi.

"Sirasini aytgandi, hakamlar "Chelsi" foydasiga qarorlar chiqarishdan qo‘rqishmoqda. Bilaman, Futbol Assotsiatsiyasi meni bu gapim uchun jazolaydi", degandi o‘shanda u.

Ta'kidlanishicha, Mourino ushbu ayblovga 8-oktabrda o‘z javobini ma'lum qilishi lozim.

Ayni paytda uning boshqaruvidagi jamoa turnir jadvalida 8 turdan keyin 8 ochko bilan 16-o‘rinni egallab turibdi. Bunday yomon natija jamoa tarixida 1978-79 yillar mavsumidan beri kuzatilmagandi.

Top