09:23 / 06.10.2015
9452

Google O‘zbekistonda!

2015 yilining 5 oktabr kuni Toshkentda AQShning Google korporatsiyasi ishlab chiqargan yangi Android One smartfonining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirning faxriy mehmonlari yangi smartfonning o‘ziga xosliklari, uning maxsus imkoniyatlari va ustunliklari haqida gapirib berishdi. Mutaxassislar delegatsiya tarkibiga Google Android One loyihasi rahbari Fiona Li General Mobile kompaniyasi prezidenti Sabohiddin Yaman, sotish bo‘yicha rahbari Muzaffar Golju, bosh muhandis Berkay Kilik, marketing bo‘limi rahbari Shavkat Karadai va boshqalar kirdi.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yil avgustida AQShning Google korporatsiyasi tashabbusi bilan General Mobile kompaniyasi va XK MChJ GGL o‘rtasida Toshkentda Android One smartfonlarini ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Eslatib o‘tamiz, XK MChJ GGL Artel markasi ostida Perfect 1 va Sentinel X smartfonlarini ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonadir.

Taqdimot mohiyati

Tadbirda asosiy urg‘u Android One smartfonining taqdimotiga berildi. Uni General Mobile kompaniyasi prezidenti Sabohiddin taqdim etdi. Uning ta'kidlashicha, Android One smartfoni Google kompaniyasining muvaffaqiyatli, qulay va zamoonaviy funksionalga ega ishlanmasidir. Telefonning ikkita asosiy ustunligi bor: birinchidan, unda Google qurollari va vositalarining maksimal miqdori bor, ikkinchidan, uskuna Android versiyasi avtomatik tarzda yangilaydi.
“Android One ko‘plab funksiyalar va qulayliklarga egadir. Chiroyli dizaynning zamonaviy texnologiyalari bilan uyg‘unligi smartfonni kundalik hayotdagi o‘zgarmas yordamchiga aylantiradi. Android One mobil telefonlari butun O‘zbekistonda sotiladi, shu jumladan, viloyatlarda ham, gadjyetning narxi ham arzon bo‘ladi”, dedi Sabohiddin Yaman.
Taqdimot doirasida mehmonlar Google phone’ni sinovdan o‘tkazish hamda kompaniya vakillariga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ta'kidlash joizki, Android One taqdimoti jamoatchilik qiziqishini uyg‘otdi hamda netvorking va norasmiy muloqot uchun ajoyib maydonga aylandi.

Android One’ning texnik ko‘rsatkichlari

Yangi uskunaning asosida 64 bitli, to‘rtta ARM Cortex A53 yadrolari va Adreno 306 Qualcomm grafik kontrolleriga ega Snapdragon 410 protsessori yotadi. Operativ xotira hajmi 2 Gb, flesh-modul hajmi — 16 Gb. Smartfon Android 5.1.1 Lollipop operatsion dasturida ishlaydi, ta'minotning ikki yil davomida yangilanib borilish kafolatlanadi, shuningdek, LTE avlodi mobil tarmoqlaridaga ishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Apparat 5 dyuymli sensorli 1280x720 yechimli displeyga ega bo‘ldi. Smartfon ekrani Gorilla Glass 4 oynasi bilan zarar ko‘rishdan himoyalangan. Uskunaning frontal qismida videoqo‘ng‘iroqlar va selfi uchun 5 megapikselli kamera o‘rnatilgan; asosiy kameraning hajmi 13 megapikselni tashkil qiladi.

Hamkorlik istiqbollari

Google O‘zbekiston bozorini tez sur'atlarda rivojlanayotgan va xorijiy investitsiyalar uchun qulay bozor sifatida tanladi. Nafaqat Artel’ning ko‘p yillik tajribasini, balki uning jahon texnologik standartlarga mosligi hamda mukammal menejmentini inobatga olgan holda Google u bilan yaqindan hamkorlik qilish O‘zbekistondagi rejalarni amalga oshirishda ustuvor yo‘nalish ekanligini belgiladi.

Reklama xaquqi asosida.

Top