IShIDning bir nechta terrorchilari Saudiya Arabistonidagi o‘z qarindoshlarini, agarda ular “pushaymon bo‘lmasa”, o‘ldirajaklarini aytib tahdid qilishdi. Bu video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketdi.
Bir necha kun muqaddam saudiyalik Sa'd al-Anziy o‘zining amakivachchasi Madus al-Anziyni o‘ldirgan edi. Iyd al-Adha kuni sodir etilgan bu jinoyat Saudiya ahlini dahshatga tushirdi. Oradan ikki kun o‘tib, qotil qo‘lga olindi.
Videoda IShIDning Saudiya bo‘linmasi a'zosi Jamir al-Xamaliy al-Anziy ko‘rsatiladi. U qirollik hududida ishlaydigan qarindoshlariga tahdid qiladi.
Gap shundaki, al-Xamaliyning oilasi undan voz kechib, bu haqda matbuotga bayonot bergan edi.
Xamoliy 6 yilga qamoq jazosiga hukm qilinib, keyinroq ozod qilingan edi. Shundan so‘ng u Suriyaga yo‘l oldi.