19:40 / 06.10.2015
12876

Rossiya Mudofaa vazirligi: IShID jangarilari Rossiya aviazarbasidan masjidlarga kirib yashirinishmoqda

Rossiya Mudofaa vaziri o‘rinbosari Anatoliy Antonovning ma'lum qilishicha, IShID jangarilari Rossiya aviazarbalaridan qochib, masjidlarga berkinishmoqda, deb xabar qiladi TASS.

“Bizda terroristlarning masjidlar ichiga yashirinayotgani haqida ma'lumotlar hamda ular o‘zlarining harbiy texnikalarini masjid atrofida yashirishga urinayotgani haqida video ma'lumotlar bor”, — dedi Antonov.

U Rossiya hech qachon harbiy obekt bo‘lmagan binolarga aviazarbalar bermasligini ta'kidlab o‘tdi.

Top