15:07 / 06.10.2015
4745

Land Rover tomsiz yo‘ltanlamas krossoverini namoyish qildi

Land Rover kompaniyasi Range Rover Evoque modeli bazasi asosida qurilgan ochiq kuzovli krossover prototipi tasvirlangan videorolikni namoyish qildi. Mazkur yo‘ltanlamasning jahon namoyishi 2015 yilning noyabr oyida AQShning Los-Anjyelos shahrida tashkil etiluvchi motorshouda bo‘lib o‘tadi.

Britan ishlab chiqaruvchisining “har faslning kabrioleti” deb nom olgan yangi mahsuloti 500 millimetr (yarim metr)gacha kechuvlarga kira oladi va maxsus sensorlar yordamida mashina atrofidagi suv chuqurligini o‘lchab, u haqdagi ma'lumotlarni multimedia kompleksi ekraniga chiqaradigan Wade Sensing tizimi bilan ta'minlanadi.

Evoque kabrioletiga odatiy krossover dvigateli joylashtiriladi. Modelga 150 va 180 ot kuchiga ega Ingenium oilasiga mansub dizel yoki 240 ot kuchiga ega benzinli dvigatel o‘rnatiladi.

Top