08:27 / 06.10.2015
2468

Liviya qirg‘oqlari yaqinida 1,8 mingdan ortiq muhojir qutqarib olindi

Italiya, Buyuk Britaniya va Irlandiya kemalari Liviya qirg‘oqlari yaqinida 1,8 mingdan ortiq muhojirni cho‘kib ketishdan saqlab qoldi. Bu haqda Italiya sohilbo‘yi xizmatiga asoslangan holda Agence France-Presse xabar bergan.

Ma'lum qilinishicha, 6ta qutqaruv amaliyoti orqali jami 1830 kishi qirg‘oqqa olib chiqilgan.

Qayd etilishicha, 7 oktabr kunidan boshlab O‘rta Yer dengizi hududida Yevropa Ittifoqiga tegishli kemalar harakatlana boshlaydi. Bu kemalar hudud orqali kema va qayiqlarda muhojirlarni noqonuniy ravishda Yevropa hududiga olib o‘tadigan jinoyatchilarga qarshi kurashadi.

Top