12:42 / 06.10.2015
6117

NASA Pandorani ko‘rsatdi

Cassini stansiyasi Saturnning tabiiy yo‘ldoshlari – Pandora va Titanni suratga oldi. Bu haqda NASA xabarnomasida aytilmoqda.
Ba'zan Saturn XVII deb nomlanadigan Pandora tabiiy yo‘ldoshi sayyoraning F halqasiga ta'sir o‘tkazadi.

Fotosuratda Titan stansiyaga Pandoradan yaqinroq ko‘rinsa ham, aslida Pandora Cassini’ga uch barobar yaqindir. Yo‘ldoshlarning o‘lchovidagi farqlar tufayli shunday illyuziya hosil bo‘lmoqda, negaki Titanning diametri 5150 km, Pandoraning radiusi esa 81 km.
Surat 4 iyul kuni tushirilgan. U paytda stansiya Titandan 1.9 mln km, Pandoradan 698 km uzoqda bo‘lgan.

Top