09:40 / 06.10.2015
7453

OAV: Pentagon Suriya masalasida Rossiya bilan uch yo‘nalishda hamkorlik qilishi mumkin

Pentagon Rossiya bilan Suriya masalasidagi hamkorlikning uch variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Politico nashri xabar bermoqda.
Aytilishicha, birinchi variant davlatni sektorlarga bo‘lish va ularning hududida mustaqil harakat olib borishdir.

Ikkinchi variant ixtilof salohiyatini tushirishdir. Unga ko‘ra tomonlar muntazam ravishda o‘z xatti-harakatlarini muhokama qilib borishadi hamda operatsiya hududlarini muvofiqlashtirib borishadi.

Uchinchi variant esa Rossiya bilan to‘liq hamkorlikdir. Ammo buning uchun Moskvaning AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiyaga kirishi talab etiladi.

Top