12:18 / 06.10.2015
4426

O‘zini “Qizilqumsement” xodimasi deb tanishtirib yurgan firibgar ayol qo‘lga olindi

Navoiy viloyatining Konimex tumanida odamlarni aldab pul undirib kelgan firibgar ayol qo‘lga olindi. Bu haqda “Postda” nashri xabar bermoqda.
Aytilishicha, Taslima ismli ayol bir necha yildan buyon o‘zini turli davlat korxonalari amaldori sifatida tanishtirib, ushbu korxonalarga ishi tushgan odamlarga yordam berish bahonasida ulardan pul undirib kelgan.

Bir safar u “Qizilqumsement” korxonasiga kuyovini ishga joylashtirish masalasida kelgan erkak bilan tanishib qolib, shu korxonada ishlashini aytgan hamda ishni “bitirib berish” uchun sodda erkakdan ma'lum miqdorda to‘lov talab qilgan.
Uch kundan so‘ng erkak Taslimaga so‘ralgan pullarni olib kelib bergan. Shu bilan ayol g‘oyib bo‘lgan.

Aldanganini tushungan erkak militsiyaga murojaat qilgan. O‘tkazilgan tekshiruvlar asnosida qallob fosh qilingan. Tergov davomida u ko‘pdan buyon bunday faoliyat bilan shug‘ullanib kelgani aniqlangan.

Top