12:11 / 06.10.2015
5603

Qatortolda Nexia o‘g‘irlab ketildi

Toshkentning Chilonzor tumanidagi Qatortol ko‘chasida yarim tunda Nexia rusumli avtomashina o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Aytilishicha, mashina egasi yarim tunda ulovni qarovsiz qoldirib, o‘z ishlari bilan ketgan. Bundan foydalanib qolgan ko‘cha bezorilari mashinani olib qochgan.
Militsiya xodimlariga vaqtida amalga oshirilgan murojaat natijasida o‘g‘rilar bir kunda qo‘lga olindi.

Top