10:59 / 06.10.2015
15593

Rossiya mudofaa vazirligi IShID pozitsiyalariga bomba tashlanishini ko‘rsatib berdi

Rossiya mudofaa vazirligi o‘zining YouTube’dagi kanalida IShIDning Idlib shahri yaqinidagi o‘rmonzor ichida joylashgan texnikasi havodan bomba tashlanishi aks etgan videolavhani joylashtirdi.

Rolikda ko‘rinishicha, Rossiyaning Su-24M bombardimonchi samolyoti Hmaymim aviabazasi hududidan ko‘tarilib, raqib pozitsiyasiga bomba tashlagan. Parvoz davomida 30 texnika birligi, jumladan, avtomobil va zirhli texnika yo‘q qilingan.

Rossiya aviatsiyasi, shuningdek, IShIDning Halab viloyatidagi Dayr ul-Xofir shahrida joylashgan shtabiga ham zarba bergan. Videolavhada ushbu bazaga bombalar tashlangani ko‘rinadi.
IShIDning Xoms viloyatidagi aslahaxona ham aviahujumlar chog‘ida to‘la yo‘q qilindi.

Top