08:03 / 06.10.2015
4485

Samsung ikkitali kamerani Galaxy S7 uchun ishlamayotganini bildirdi

Internetda Samsung ikkita kamerali apparat ustida ishlayotgani haqida mish mish tarqaldi. Bu yangilikni navbatdagi Galaxy S7 flagman smartfonida ko‘rish mumkinligi haqida ma'lumot berishgandi.

Hozir esa aniq manbalarga asoslangan boqa bir yangilik chiqdi. ETNews koreys manbasining ma'lum qilishicha, kompaniya ikkitali kamerani Galaxy S7 chiqib bo‘lgach, loyihalashtirishi ma'lum bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Samsung Galaxy S7 2016 yilning yanvar oyida omma e'tiboriga havola etishi mumkin.

do‘kon rastalarida esa bir oy o‘tib — fevral oyida uchratish mumkin bo‘ladi. Ikkita kamerali modul ustida ishlashni esa, kompaniya shoshmasdan olib bormoqda. Balki u yil oxirida e'lon qilinishi mumkin.
Shu o‘rinda: hozirda ikkitali kameradan turli ishlab chiqaruvchilar, masalan, HTC, Huawei va Lenovo foydalanmoqda. Bir necha kun avval LG V10 ham o‘zining ana shunday smartfonini omma e'tiboriga havola etgan edi.

Top