16:17 / 06.10.2015
3554

Seulda "Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo" hamkorlik forumi bo‘lib o‘tdi

Koreya Respublikasi poytaxti Seul shahrida “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” hamkorlik forumi bo‘lib o‘tdi. Ushbu forum doirasida “Coex” ko‘rgazmalar pavilonida “Savdo-sayyohlik roud shousi” xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Unda Janubiy Koreya, O‘zbekiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston ishbilarmon doiralarining ikki yuzdan ortiq vakili ishtirok etdi.

Xalqaro ko‘rgazmadagi O‘zbekiston stendida mamlakatimiz sanoatining oziq-ovqat, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, elektr texnikasi, qurilish materiallari va xalq iste'mol tovarlari ishlab chiqarish, hunarmandlik, ko‘nchilik kabi tarmoqlarida faoliyat ko‘rsatayotgan ellikdan ziyod korxonalar mahsulotlari namoyish etildi.

Anjuman doirasida logistika, marketing, qadoqlash va turizm yo‘nalishlarida ishbilarmonlar uchun seminarlar o‘tkazildi, deyiladi UzA xabarida.

Top