14:39 / 06.10.2015
6126

Spilberg sovet razvedkachisi haqida film suratga oldi

53-Nyu-York festivalida Stiven Spilbergning “Ayg‘oqchi ko‘prigi” nomli yangi filmi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. TASS muxbirining ma'lum qilishicha, film qizg‘in olqishlar bilan qarshi olingan.

Film syujyeti real voqealarga qurilgan. Bosh qahramon, bruklinlik advokat Jyeyms Donovan (Tom Xenks) hukumat tomonidan SSSR bilan uchuvchi Frensis Pauersni ozod qilish borasida kelishuvga erishishga otlantiriladi. Muzokaralar davomida Donovan uni sovet ayg‘oqchisi Rudolf Abelga (Mark Reyls) almashtirilishi haqida kelishuvga erishishi lozim edi.

Voqealar 1957 yilda sodir bo‘ladi. O‘sha yili FQB tomonidan qo‘lga olingan Abel yosh advokat Donovan tomonidan himoya qilingan edi.
Tutqun almashish ko‘prik ustida amalga oshirilgan.

Top