07:56 / 06.10.2015
2340

The Telegraph: "Liverpul" Klopp bilan 2018 yilgacha bitim tuzdi

Angliyaning "Liverpul" jamoasi shu hafta oxirida Yurgen Kloppni yangi bosh murabbiy sifatida e'lon qiladi. The Telegraph nashrida xabar qilinishicha, tomonlar kelishuvga erishib bo‘lishgan.

Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, Klopp "Liverpul" bilan 2018 yilgacha hamkorlik qilish bo‘yicha bitim tuzgan.

Bundan oldinroq, "Liverpul" rahbariyati jamoaning prinsipial raqibi "Everton" bilan kechgan bahsda durang (1:1) hisobi qayd etilganidan so‘ng, bosh murabbiy Brendan Rojyersga javob berib yuborgandi.

Shimoliy irlandiyalik 42 yoshli mutaxassis Brendan Rojyers "mersisaydiklar" safida 2012 yilning iyunidan beri ishlashni boshlagan, jamoa bilan 2013-2014 yillar mavsumida APLning ikkinchi o‘rnini egallagandi.

Joriy mavsumda esa uning boshqaruvidagi jamoa o‘tkazilgan 8ta turdan keyin 12 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 10-o‘rinda turibdi.

Top