12:48 / 06.10.2015
3941

TIV: Makka yaqinidagi tiqilinchda halok bo‘lgan hindistonliklar soni 74 nafarga yetdi

Makka yaqinidagi Mino vodiysida tiqilinchda halok bo‘lgan hindistonliklar soni 74 nafarga yetdi, deya xabar berdi Hindiston Tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj 6 oktabr kuni.

“Saudiya Arabistoni yangi ro‘yxatni taqdim etdi. Hozirda halok bo‘lgan hindistonliklar 74 nafarni tashkil etadi”, - deya ma'lum qildi vazir o‘zining Twitter mikroblogida.
Eslatib o‘tamiz, fojyea 24 sentabr kuni erta tongda Makka yaqinidagi Mino vodiysida sodir bo‘ldi.

Ikkita ulkan odamlar oqimi chodirlar shaharchasidan shaytonga tosh otish amali bajariladigan hududga eltadigan yo‘ldagi chorrahada to‘qnash kelib qolgan. Ko‘chalar kesishmasida ulkan tiqilinch vujudga kelib, natijada 769 kishi halok bo‘ldi, eng kamida 934 ziyoratchi jarohatlandi.

Top