01:18 / 06.10.2015
2416

Toshkentda Germaniya birdamligi kuni nishonlandi

25 yil avval 3 oktabrda ikkita nemiya davlati – g‘arbiy va sharqiy Germaniya bitta davlatga birlashgan. Germaniyada bu kun har yili 3 oktabrda Germaniya birdamligi yoki Nemis birdamligi kuni milliy bayrami sifatida nishonlanadi. Shu munosabat bilan 3 oktabrda Toshkentda o‘tkazilgan tadbirda Germaniyaning Toshkentdagi elchisi Naytxart Xyofer-Vissing Germaniya va O‘zbekistonning munosabatlari barcha sohalarda barqaror rivojlanayotganini ta'kidlab o‘tdi, deb xabar bermoqda "Turkiston-press" MAA.

"Germaniya O‘zbekistonning mustaqilligini tan olgan birinchi davlatlardan bo‘lgan edi. O‘sha paytlardan beri bizning munosabatlarimiz ko‘plab, jumladan siyosiy va iqtisodiy sohalarda barqaror rivojlanib kelmoqda. O‘tgan yili davlatlarimiz orasida savdo aylanmasi yarim milliard yevroni tashkil qildi va bu ko‘rsatkich bizni yirikligi bo‘yicha O‘zbekistonning 8-raqamli iqtisodiy hamkori qiladi. Germaniya rivojlanishga ko‘mak berish sohasida ayni paytgacha O‘zbekistonga 329 mln yevro taqdim qildi", deb aytmoqda Xyofer-Vissing.

"25 yil avval ikkita nemis davlati o‘z xohishi va barcha qo‘shnilarining roziligi bilan bitta davlatga birlashdi. Biroq bu kun nafaqat Germaniyaning birlashish kuni, balki 1997 yildan masjidlarda ochiq eshiklar kuni ham hisoblanadi. Germaniyaning javobgarlikni his qiluvchi musulmon jamoatlari bu tadbirni o‘tkazish yo‘li bilan xurofotdan xalos bo‘lish va madaniyatlararo suhbatning rivojlanishiga ko‘mak berishni istashadi", deb ta'kidlab o‘tdi Germaniya elchisi.

Top