10:15 / 06.10.2015
4329

Turkmaniston hukumati iqtisodiyotning 9 oylik yakunlarini ko‘rib chiqdi

Turkmaniston Vazirlar Mahkamasida 2015 yilning 9 oyi iqtisodiy yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Turkmenbusiness nashri yozmoqda.

Aytilishicha, hisobot davrida YaIM o‘sishi sanoat sohasida 103.5 foizni, qurilishda 112.6 foizni, transport-kommunikatsion sektorda 111.9 foizni, savdoda 112.5 foizda, qishloq xo‘jaligida 112.3 foizni, xizmat ko‘rsatish sohasida 111.8 foizni tashkil qildi.

Chakan tovar aylanmasi shu davri ichida 2014 yilning shu davri bilan qiyoslanganda 19.2 foizga ortdi. Tashqi savdo aylanmasida ham ijobiy dinamika kuzatildi.
Davlat byudjyetining daromad qismi 105.9 foizga, xarajat qismi 85.8 foizga bajarilgan. Oylik maoshlar, pensiyalar, davlat nafaqalari va talabalik stipendiyalari to‘la hajmda moliyalashtirilgan.

Top