01:23 / 06.10.2015
8854

Turkmaniston prezidenti milliy xavfsizlik va mudofaa vazirlarini o‘zgartirdi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov 5 oktabrda mamlakatning kuch blokidagi xodimlar orasida o‘zgartirishlar amalga oshirdi hamda milliy xavfsizlik va mudofaa vazirlarini o‘zgartirdi, deb xabar bermoqda Turkmaniston televideniyesi.

Berdimuxamedov tegishli qarorni Turkmaniston davlat xavfsizlik kengashining yig‘ilishida qabul qildi.

Berdimuxamedovning farmoni bilan boshqa lavozimga o‘tkazilishi munosabati bilan Turkmaniston xavfsizlik kengashi kotibi, milliy xavfsizlik vaziri general-leytenant Yaylim Berdiyev va mudofaa vaziri general-mayor Begench Gundo‘gdiyev egallab turgan lavozimlaridan ozod etildilar.

Ularning ikkisi ham yangi lavozimlarga tayinlandi. Berdiyev Mudofaa vaziri, Gundo‘gdiyev Turkmaniston Qurolli kuchlarining harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni etib tayinlandi.

Milliy xavfsizlik vazirligiga general-leytenant Guychgeldi Xo‘jaberdiyev rahbar etib tayinlandi.

Top