11:00 / 06.10.2015
3073

"UZ” hududidagi domenlar soni 24 mingtaga yetdi

6 oktabr kuni holatiga ko‘ra, "UZ” hududidagi faol domenlar soni 24 mingtani tashkil etmoqda.

O‘zbekiston hududida domenlarni ro‘yxatga olish bilan shug‘ullanadigan ccTLDUZ ma'lumotiga ko‘ra, shu yilning iyul oyida .UZ domenlari ro‘yxatga olinishi bilan bog‘liq eng yuqori ko‘rsatkich (1243ta) qayd etilgan.

2015 yil boshida "UZ” hududidagi faol domenlar soni 19711ta edi. Fevral oyida 20 000-domen o‘z egasini topgani ma'lum qilingandi.

Joriy yilning 26 aprelida 21 000 domen ro‘yxatga olingan.

Iyul oyida esa UZ zonasida ro‘yxatdan o‘tgan domenlar soni 22 mingtaga yetgandi.

Ayni vaqtda 9416ta domen Arsenal-D rasmiy registratori tomonidan ro‘yxatga olingan.

Bu boradagi ikkinchi ko‘rsatkich BILLUR COM (4709ta domen), uchinchi ko‘rsatkich Tomas (3965ta domen), 4-chi BCC (1446ta domen) va 5-chi Sarkor Telecom (1256ta domen)ga tegishli hisoblanadi.

Top