10:19 / 06.10.2015
5267

VR 21 mlrd dollar jarima to‘laydi

Neft-gaz sohasida faoliyat yurituvchi British Petroleum kompaniyasi rekord darajadagi jarimani to‘laydi.
Jahon matbuotida ta'kidlanishicha, AQSh adliya vazirligining da'vosi qondirilgan, endilikda VR hukmda belgilangan jarimani to‘ladi.

Meksika ko‘rfazidagi Deepwater Horizon burg‘ulash platformasidagi avariya oqibatida yetkazilgan zararni qoplash uchun VR 20.8 mlrd dollar to‘laydi.
2010 yil 20 aprelda sodir bo‘lgan avariya neft sohasi tarixidagi eng yirik fojialardan biri bo‘ldi. 85 kun davomida okeanga neft oqdi, bu atrof muhitning jiddiy zararlanishiga sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, avariyada 11 kishi halok bo‘ldi.

Top