10:00 / 06.10.2015
3891

Xillari Klinton prezident bo‘lsa, AQSh qo‘shinlaridan foydalanishda ehtiyotkorlik bilan yondashishga va'da berdi

AQShning sobiq davlat kotibi, AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton agar prezident etib saylansa, AQSh qurolli kuchlarining urushlar, ixtiloflar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri bosib kirishlardagi ishtiroki borasida qarorlar qabul qilishda ehtiyotkorlik bilan yondashishini ma'lum qildi. Klinton bu haqda NBC telekompaniyasi efirida aytib o‘tdi.

Klinton Nyu-York shtati senatori sifatida 2003 yilda Iroqqa AQSh qo‘shinlarining kiritilishi borasidagi qarorining xato ekanligini navbatdagi galda tan oldi. "Men Iroqda kuch ishlatilishi uchun o‘z ovozimni berganimni xato deb hisoblayman. Men noto‘g‘ri qaror qabul qilganman", deb aytdi Klinton NBC studiyasida Iroqdagi harbiy kampaniya ishtirokchisining savoliga javoban.

"Men hozirda katta darajada xavotirdaman va ko‘p darajada "yo‘q" deyishga tayyorman. Chunki men o‘shanda "ha" deb, o‘z ovozimni prezident Bushga berganman. Hozirda men diplomatiyaga ishonaman", deb aytmoqda Klinton.

Top