18:12 / 07.10.2015
4438

“Transaero” samolyoti Qozog‘istondagi aeroportdan qo‘yib yuborilmayapti

Rossiyaning “Transaero” aviakompaniyasiga tegishli, Oqtov-Moskva reysini amalga oshirayotgan samolyot Qozog‘istonning aeroportidan chiqarib yuborilmayapti. RIA Novosti agentligining aeroport direktori Yerg‘azi Joldasovga tayanib yozishicha, ulardan 36 ming dollar qarzini o‘tash talab qilinmoqda.

“Ularning qarzi 10 mln tanga, ko‘pdan buyon to‘planib keldi. Biz ularni 7-kuni yozma ogohlantirdik: qarzingiz bor, uni to‘lang, aks holda bu yerga uchib kelmang. Ular esa uchib keldi”, - dedi amaldor.
Aytilishicha, shartnoma bo‘yicha bu pullar oldindan to‘lanishi kerak edi.

Top