17:59 / 07.10.2015
10610

83 yoshli qozog‘istonlik ziyoratchi Haj amallarini bajarib bo‘lishi bilan yurak xurujidan qazo qildi

2015 yilda qozog‘istonlik 5 nafar keksa ziyoratchi Haj safari asnosida olamdan o‘tdi, deb xabar beradi Nur.kz resursi.
“Haj chog‘ida Saudiya Arabistonida 5 nafar qozog‘istonlik qazo qildi. Ularning barchasi 80 yoshdan o‘tgan edi. O‘limlarning asosiy sabablari – yurak xurujlari, bosim o‘zgarishi, havo sharoitlari, issiqlik”, - dedi Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi noib-muftiysi Serikboy hoji O‘roz Olma-Otada o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Marhumlarning qarindoshlari Saudiya Arabistoniga yo‘l oldilar.
O‘lganlar orasida Janubiy Qozog‘istondan 83 yoshli nuroniy ham bor. U yurak xurujidan vafot etdi. Shifokorlar uning miokard infarktidan ko‘z yumganini e'tirof etishdi.
Nuroniy Madinada olamdan o‘tgan. Aytilishicha, xuruj arafasida u Hajning barcha amallarini bajarib ulgurgan.

Top