10:20 / 07.10.2015
2856

Abdulaziz Komilov BMT Aholishunoslik jamg‘armasi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashdi

2015 yilning 6 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi Vakolatxonasi yangi rahbari Mieko Yabutani qabul qildi. Bu haqda tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.

Mieko Yabuta o‘zining O‘zbekistonga tayinlanganligi to‘g‘risidagi UNFPA ijrochi direktori Babatunde Osotimehinning xatini topshirdi.

Suhbat chog‘ida Jamg‘armaning 2010—2015 yillarga mo‘ljallangan Mamlakat miqyosidagi Dasturi doirasidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirilishi ko‘rib chiqildi hamda hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Top