07:55 / 07.10.2015
3028

Arda Turan «Barselona» safida noyabr oyidayoq debyut qilishi mumkin

Kataloniyaning «Barselona» klubi jamoa yarimhimoyachisi Arda Turanni zayavka qilish bo‘yicha Sport arbitraj sudiga (CAS) murojaat qilishi mumkin. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatdi.

Xabarda aytilishicha, kataloniyaliklar bu borada FIFAga murojaat bilan chiqishgan. Agar FIFA bu taklifga yana bir bor rad javobini bergan taqdirda ular boshqa yo‘ldan borishmoqchi.

Agar FIFAning appellyatsion komissiyasi «Barselona» foydasiga qaror chiqarmagan taqdirda ular CASga murojaat qilishadi. Arbitraj sudining qarori ijobiy yakun topsa turkiyalik futbolchi noyabr oyi oxiriga qadar kataloniyaliklar safida o‘zining debyut uchrashuvini o‘tkazishi kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» jamoaning asosiy tarkib futbolchilaridan biri uzoq muddat safga chiqqan taqdirda uning o‘rniga boshqa futbolchini zayavkaga kiritish huquqidan foydalanish maqsadida Ispaniya futbol ligasi rahbariyatiga murojaat qilgan ular bu qarorga ijobiy javob qaytarishgandi. Biroq FIFA jamoaga 2016 yilning 1 yanvariga qadar qo‘yilgan taqiqni bekor qilmasligini ma'lum qilgan.

Top