12:37 / 07.10.2015
4631

Chiroqchida noqonuniy moyjuvoz fosh etildi

SVOOJJDLQK departamenti mamlakatning turli hududlarida noqonuniy o‘rnatilgan moyjuvozlarga qarshi kurashda davom etmoqda. Navbatdagi tadbirlar haqida “Huquq” gazetasi boxabar qilmoqda.

Jumladan, Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani Ko‘kdala qishlog‘ida yashovchi Akmal Abdixalilov o‘z uyida moyjuvoz o‘rnatib, sifatsiz yog‘ ishlab chiqargani aniqlandi. Uning ushbu “sex”idan chiqqan 21 mln so‘mlik noqonuniy tovarlar musodara qilindi.
Fuqaro javobgarlikka tortilib, sud oldida javob berdi.

Top