15:22 / 07.10.2015
3753

Daily Mail: Eronlik 2 muhojir La-Mansh bo‘g‘ozi ostidagi Yevrotunnel orqali Buyuk Britaniyaga o‘tdi

Eronlik ikki nafar muhojir La-Mansh bo‘g‘ozi ostidagi 50 km masofadagi Yevrotunnel orqali Buyuk Brtianiya hududiga o‘tib olishga harakat qildi. Ular tunneldan chiqqan vaqtda britan politsiyasi tomonidan hibs qilindi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Qayd etilishicha, eronliklar bu harakati orqali o‘z hayotlarini katta xavf ostida qoldirishgan. Ular yo‘l davomida ikki tomonga harakatlanayotgan poyezdlar ostida qolmaslikka harakat qilishgan.

Xabarda aytilishicha, ular o‘tgan haftaning shanba kunida Fransiyada noqonuniy muhojirlarning ommaviy ravishda hibsga olinishi boshlanganidan keyin shunday qarorga kelishgan. Ular fransuz politsiyachilaridan qutulishga harakat qilishgan.

Britan politsiyasi ularni hibsga olgach, Folkston sudi ularga "temir yo‘ldagi harakatga qasddan xalaqit berish" bo‘yicha ayb qo‘ydi.

25 yoshli Payam Moradi Miraxessari va 20 yoshli Farim Vaxdani sud hukmi eshittirilguniga qadar hibsda saqlanadi.

Britaniyalik siyosatchilar Fransiyaning Kale shahrida yig‘ilgan qochqinlar katta muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligini aytishgan.

Shu yilning avgustida Sudan fuqarosi bo‘lgan muhojir ham Yevrotunnel orqali Buyuk Britaniyaga o‘tishga uringanida qo‘lga olingandi.

Top