09:35 / 07.10.2015
3572

Elchi: O‘zbekiston va Tojikiston turizm sohasida manfaatli hamkorlik qilishi mumkin

O‘zbekiston va Tojikiston turizm sohasida manfaatli hamkorlik qilishi mumkin. Bu haqda Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisi Muzaffar Huseynov bayonot berdi.

“Bizning mamlakatlarimiz turistik mahsulotlarni birgalikda ishlab chiqishdan iqtisodiy manfaat ko‘rishning unikal imkoniyatiga ega”, - dedi u Toshkentdagi turistik yarmarka chog‘ida Sputnik muxbiri bilan suhbatda.

Diplomat Ipak yo‘lini tiklashga harakat qilayotgan bu mamlakatlarning sa'y-harakatlari tahsinga sazovor ekanligini ta'kidlab o‘tdi.

Top